Tozi itlari bilan ov

O‘rta Osiyo ko‘chmanchi qabilalarining yagona shikorchi it zoti – tozilar bilan ovga chiqish asrlar qaridan bizga me’ros an’anadir. Olimlarning taxmin qilishicha, hozirgi O‘rta Osiyo tozi itlarining ajdodi eramizning VIII asrida arab istilochilari olib kelgan ovga o‘rgatilgan itlar bo‘lgan. Ko‘chmanchi xalqlarning zotni yetishtirish ustida ter to‘kib, uzoq vaqt ishlagani, qon tanlashdagi puxtalik va chatishtirishdagi e’tibor, zahmatli mashqlar tufayli forscha “tozi”, ya’ni “hujum qiluvchi” nomini olgan yangi tub naslning dunyo yuzini ko‘rishiga sabab bo‘ldi. O‘zining arabiy ajdodlaridan farqli o‘laroq, tozi Osiyo cho‘l-u biyobonlarining shafqatsiz iqlimiga yaxshi chidash beradi.


Tozi itlar – ushbu zotni minglab yillar davomida yetishtirgan insonlar uchun milliy g‘urur. Doimo tozilarning hurmati joyiga qo‘yib kelingan, u yaxshi parvarish qilingan va himoyada bo‘lgan va uning egasi itining o‘n oltinchi pushtisigacha barcha silsilasidan voqif bo‘lgan. Tozilar uy ichkarisidan joy berilgan, dasturxondan eng sara go‘sht ulashilgan va kashta-yu munchoqlar bilan bezatilgan yostiqlarda orom olgan yagona it zotidir.
Ta’kidlash joizki, Turkistonda tozi itlar bilan ov qilish oliy tabaqa vakillari uchungina berilgan afzallik bo‘lmagan, bepoyon ov maydonlari nafaqat xon-u boylarga, balki oddiy odamlarga ham yetgan. Ko‘chmanchi chorvadorlar va choponlar tozi itlarni o‘stirish, qo‘lga o‘rgatish va tanlab chatishtirish uchun mukammal sharoitlarga ega bo‘lganlar. It bilan ov qilish ular uchun sevimli sport mashg‘uloti bo‘lib, moddiy foyda ham olib kelgan.


Ko‘p asrlar davomida tozilar bizning regionda yagona ovchi uy hayvoni bo‘lgan. Shuning uchun ham ularda chopqirlik, o‘tkir nigohlilik, hayvon zotiga ishtiyoq, mahorat va o‘ljani tutishdagi epchillik kabi universal ovchilik sifatlari shakllangan. Tozi it yumronqoziq, sug‘ur kabilarni tez tutadi, qarsoq tulki-yu quyonlarga tez yetib oladi, eng yaxshisidan esa saygadan tortib jayron-u hatto gepard ham qochib qololmaydi. Afsonalardan birida bejizga eng chopqir tozi itlar ularga o‘z uchish tezliklarini in’om etgan sariq g‘ozlar tuxumidan chiqishi haqida aytilgan. Biroq chaqqonlik hamda tezlik – tozilarning yagona afzalligi emas. Ularning boshqalardan ajralib turadigan tomoni – uzun-uzun sakrab, o‘ljani mohirona uzata olishidir . Shunday qilib, tozi itlar 15 kilometrdan kattaroq masofodan bor tezligi bilan jonzotni ta’qib etib, uni tutishga, balki uni xo‘jayiniga olib kelib berishga ham qodirdir.

Katta o‘ljani qo‘lga kiritganda, egasiga vafodorligi va tutgan jonzotiga bosiqlik bilan muomala qilishga o‘rgatilganligi sabab, Yevropa zotlariga xos bo‘lgan o‘ljani tilkalash va g‘ajish xususiyatidan holi bunday itlar shunchaki xo‘jayinini kutadi. O‘tkir ko‘zlari va qoyilmaqom sezgisi, hayvonlar izidan borib, chakalaklar ichida berkinib yotgan o‘ljani quva olishi tozi itga o‘rmonda ham, o‘nqir-cho‘nqir joylarda ham ishlay olishiga imkon beradi.
Undan tashqari, tozi it ovchi qush bilan juftlikda ham ajoyib ishlaydi. Bunda it o‘ljani ochiq joyga haydab chiqadi, ovchi tomonidan vaqtida uchirilgan lochin esa uni changallab oladi. Bu ov qilishning eng tomoshabop va omadli usulidir.
O‘tgan asrlar davomida O‘zbekistonning o‘ziga xos turdagi itlari shakllandi. Xiva vohasida yashagan o‘zbeklar-u qoraqalpoqlar deyarli ov bilan shug‘ullanmadilar va bu xivalik tozi itlarning tashqi ko‘rinishida o‘z asoratini qoldirdi. Nasldorlarni saralashda ham qat’iylik susaydi, axir Xiva vohasida o‘troq yashaydigan odam uchun olis-olis joylarga borib, itini boshqasi bilan qo‘shish oson emas-da.
Bugunga kelib, O‘zbekistonda tozi itlarning borligini unuta yozishdi. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda Buxoro, Jizzax va Toshkent viloyatlaridagina bir qancha zoti aralashgan tozilar saqlangan. Tozi itlarning diqqatga molik ovchilik qobiliyatlari ular bilan qiziqarli va o‘ljani naqd qilib qo‘yadigan shikor qilish mumkinligi esa bu zotning qanchalik qadr-qimmatga egaligidan dalolat beradi. Qolaversa, zotlar tarixi hamda ovchi itlar yetishtirish — qadim xalqlar tamaddunining bir qismidir. Ajdodlarimizning xotirasini hurmat qilish va qadrlash hamda ovchilikning milliy an’nalarini qayta tiklash — bugun ovchilik tashkilotlari va tabiatni muhofaza qiluvchi organlar oldida turgan asosiy vazifadir. Biz uchun nihoyatda qadrli aborigen it zoti – tozilar o‘zlarining nasli toza saqlab qolishi va qayta tiklanishi uchun keskin qarorlar qabul qilinishiga muhtoj.
Tugan Falconry Club hududidagi maxsus qo‘riqxona aynan shunday qaror bo‘lib xizmat qiladi. Bu loyiha necha bosh tozi it omon qolganining hisobini yuritadi va naslning tozaligini baholaydi hamda shu orqali ularning ona populyatsiyani yaratadi, nafaqat tashqi ko‘rinishni saqlab qolish, balki betakror tozilarning ishlash sifatini ham saqlashga qaratilgan qabila ishlari bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, bunda targ‘ibot va ma’lumot beruvchi tadbirlar o‘tkazish, masalan, tozi itlar bilan ov qilishni namoyish qilish kerak bo‘ladi.
