Lochinlarni reabilitatsiya qilish markazi
Biologik xilmaxillik ― umumiy holatda tirik moddaning murakkabligini, uning o‘z funksiyalarini tartibga solish qobiliyatini va undan har tomonlama foydalanish imkoniyatini aks ettiruvchi biologik ob’ektlar yoki hodisalarning farq qiladigan turlari soni hamda qayd etilgan borliq va vaqt intervalida ularning uchrash chastotasi.
Qizil kitobga kiritilgan qushlar turlarining reabilitatsiyasi
Qizil kitobga kiritilgan lochinsimonlar turkumiga mansub ayrim qushlar u yoki bu sabablarga ko‘ra markazimizga kelib tushadi. Ularning reabilitatsiyasi qushni davolash, boqish, parvarish qilish, o‘rgatish va tabiiy yashash muhitiga qaytarishni ko‘zda olish tutiladi. Yoshi, jarohatlari mavjudligi yoki yo‘qligiga hamda har bir konkret qushning tarixiga qarab, reabilitatsiya tarkibi va uslubi o‘zgarishi mumkin. Qushning salomatligi, o‘ziga mustaqil ravishda ozuqa topish qobiliyati va uning tabiiy yovvoyiligini saqlash muvaffaqiyatli reabilitatsiyaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Yirtqich qushlar reabilitatsiyasi va ularning yovvoyi tabiatga keyingi reintroduksiyasi Tugan Falconry Club reabilitasion markazining maqsadi sanaladi.
2015-yilda Tugan Falconry Club reabilitatsiya markazi tomonidan 50 ta lochin reabilitatsiya qilinib, erkinlikka qo‘yib yuborildi. Har bir reintroduksiya uchun press-tur tashkil etildi. Buning natijasida qushlarni yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborish ishiga keng jamoatchilik e’tiborini jalb etishga muvaffaq bo‘lindi. Bundan tashqari, Jamiyat rahbariyati tomonidan bu boradagi faoliyatni muntazam ravishda takomillashtirib borish uchun butun O‘zbekistondan tajribali mutaxassislar va olimlarni jalb etish bo‘yicha uzluksiz faoliyat olib borilmoqda.
T o‘g‘ri reabilitatsiya ishlari yirtqich qushlarning noyob va yo‘qolib borayotgan turlari populyatsiyalarini muvaffaqiyatli tiklash borasidagi Pitomnik faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Bunda qushlar saqlanadigan hudud, volerlar va hatto uyalar uchun substrat sifatida qo‘llanadigan yuvilgan shag‘al o‘lchami ham to‘g‘ri boqish va patlarning butunligini saqlash kabi katta ahamiyatga ega. Biroq agar reabilitatsiya jarayonining (ayniqsa, so‘z jo‘jalar haqida borganida) o‘rgatuvchi-tarbiyaviy qismi hisobga olinmasa, ushbu shartlarga amal qilish ham natija bermaydi. Reabilitatsiya usuli har doim individual tarzda tanlanadi, biroq umumiy kontseptsiyaga amal qilgan holda, qushlarni tarbiyalashning asosiy maqsadi qushlar erkinlikka qo‘yib yuborilganidan keyin odamlarga yaqin uchib kelmasligi va tabiiy muhitda jon saqlash imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun ularni odamlardan begonalashtirish, imprintingning oldini olish va ov ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborishdan oldin har bir qushga majburiy tarzda yechilmaydigan halqa kiydiriladi. Keyinchalik mutaxassislar ushbu halqaning raqami bo‘yicha reabilitatsiya qilingan qushning taqdiri haqida bilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
1. Flint V.E., Smirnova O.V., Zaugolnova L.B., Xanina L.G., Bobrovskiy M.V., Toropova N.A., Melexova O.P., Sorokin A.G. Bioxilmaxillikni saqlash va tiklash. Moskva: Ilmiy va o‘quv-uslubiy markaz nashriyoti. 2002.
2. “Hayvonot bog‘lari va pitomniklardagi yirtqich qushlar va boyqushlar” yillik to‘plami, №20. Moskva: Moskva hayvonot bog‘i. 2011.