Turumtoy (Falco Columbarius)
Turkumi: | Lochinsimonlar |
Oilasi: | Lochinlar |
Kenja oilasi: | Lochinlar |
Urug‘i: | Turumtoy |
СТАТУС:
II CITES ilovasiga kiritilgan. Qizil kitobga kiritilmagan tur, uni ushlash va saqlashga ruxsatnoma olish imkoniyati ehtimoli bor.
O‘zbekistonning tekisliklarida va past tog‘li hududlarida ancha keng tarqalgan, qishlovchi qush. O‘lchami bo‘yicha oddiy miqqiydan biroz maydaroq, chorpaxil lochin. Qanotlari nisbatan kalta va uchli, dumi ham miqqiynikiga qaraganda sezilarli darajada kichkina. Tanasining uzunligi 24-32 sm ni, qanotlarining qulochi 53-73 sm ni tashkil etadi. Modasi nar qushga qaraganda o‘rtacha uchdan bir qismga yirikroq bo‘lib, og‘irligi 160-311 g ni tashkil etadi, nar qushlarniki esa faqat – 125-235 g. Rangida ham farqlar mavjud. Nar qushlarning ustki qismi ko‘kimtir, ba’zida binafsharang yoki qo‘ng‘ir rang aralash tusda bo‘ladi. Boshi, gardani va yelkalarida bo‘ylama qora dog‘lari mavjud. Pastki qismi yirik bo‘ylama qo‘ng‘ir-qora shtrixlarga ega och-sariq rangdan malla ranggacha. Bo‘ynidagi shtrixlar uncha yaqqol ifodalanmagani bois och rangdagi bo‘yinbog‘i borday taassurot qoldiradi. Lochinlarga xos bo‘lgan “mo‘ylov”lar ham yaqqol ifodalanmagan. Katta patlari ko‘kimtir-qo‘ng‘ir rangda ichki patlari oxrali bo‘ylama suratga ega. Dumi yo‘l-yo‘l, uchida qoramtir keng tasmali. Yovvoyi tabiatda odatda 11 yildan ko‘p yashamaydi.
Весенний пролет дербников через территорию Узбекистана проходит преимущественно в марте-первой половине апреля, только отдельные особи задерживаются позднее. Самое раннее появление дербника в Узбекистане в некоторые годы наблюдалось в сентябре, хотя обычным этот вид становится только в конце октября-ноябре. Обитает во всех равнинных и предгорных районах республики, придерживаясь берегов водоемов, оазисов, рощ и садов.
Turumtoylar bahorda O‘zbekiston orqali asosan mart oyida va aprelning birinchi yarmida uchib o‘tadi, faqat ba’zilarigina kechroqqacha ushlanib qoladi. Odatda ushbu tur oktyabr oyining oxiri-noyabr oylarida uchrasa-da, turumtoylarning O‘zbekistonda eng erta paydo bo‘lishi ayrim yillarda sentyabrda ham kuzatilgan. Respublikaning barcha tekislik va tog‘oldi hududlarida, suv havzalari, vohalar, kichik o‘rmonzorlar va bog‘lar yaqinida yashaydi.
Shimoliy va Sharqiy Yevropada, Osiyoning o‘rmon va o‘rmon-dasht zonasida hamda Shimoliy Amerikada uyalaydi. Hududning katta qismida uchib o‘tadigan qush hisoblanadi, uyalagan joyidan g‘arbda va janubda qishlaydi, ba’zida tropiklargacha yetib boradi. Ochiq hududlarni – daryo vodiylari, dashtlar, siyrak o‘rmonzorlar, dengiz sohillari, butazor tundra, torfli botqoqliklarning chekkalari, archagulli bo‘sh yotgan yerlar, qumtepalarni afzal ko‘radi. Yaxlit qorong‘i o‘rmonlarni chetlab uchadi, biroq ko‘payish mavsumida uni tez-tez o‘rmon chekkalarida uchratish mumkin. Ko‘proq o‘rmon-tundra va tayganing shimoliy mintaqasida tarqalgan, bu yerda turumtoylarning eng ko‘p sonini uchratish mumkin.
Ushbu qushning parvozi qaldirg‘ochning uchishini biroz eslatadi, ya’ni tez va manyovrli, tez-tez sayoz qanot qoqishlari bir tomonga og‘ish bilan almashib turadi. Yerdan uncha baland bo‘lmagan masofadan ov qiladi. O‘ljasini havodan yoki yerdan, past o‘sadigan butalar orasidan izlaydi; sho‘ng‘iganida yig‘ilgan qanotlari bilan havoda to‘lqinsimon og‘ib uchadi. Asosan mayda qushlar – chumchuqlar, to‘rg‘aylar, qaldirg‘ochlar, baliqchi qushlar, andaliblar, jiblajibonlar, tog‘chumchuqlar, qorayaloqlarni xush ko‘radi. Kemiruvchilar, kaltakesaklar, kichik ilonlar, hashoratlar bilan kamroq oziqlanadi. Uchib o‘tayotgan paytida yirik ninachilarga ov qilgan holatlari ma’lum. Ko‘payish mavsumi bo‘lmagan paytda ba’zida juft-juft bo‘lib yoki mayda qirg‘iylar bilan birga ov qiladi. Bunda u pastroqda uchadi, boshqasi esa undan 10-20 m yuqoriroqda bo‘ladi.
Uch-to‘rtta oxrasimon tuxum qo‘yadi, ularda yirik qizg‘ish-qo‘ng‘ir dog‘lar va xollarni ko‘rish mumkin. Tuxumining o‘lchami 37-42 x 29-33 mm ni tashkil etadi. Tuxumlarni navbatma-navbat moda va nar qush bosib o‘tiradi, ular teng vaqt oralig‘ida o‘rin almashadi. Inkubatsiya davri 25-32 kun. Polaponlar tuxumdan chiqqan paytda siyrak oq par bilan qoplangan bo‘ladi, u bir necha kundan keyin boshqa, qalinroq va zich kulrang-oq parga almashadi. Polaponlarni moda va nar qush birgalikda parvarish qiladi – isitadi, pati yulingan o‘lja bilan boqadi va uyani tozalab turadi. Ikki haftadan so‘ng polaponlarda dastlabki patlar o‘sa boshlaydi, endi ular hali uchishga qodir bo‘lmasa-da, uyani mustaqil ravishda tark etadi. Taxminan 18 kundan keyin par uyada o‘sib chiqqan birinchi patlar bilan almashadi, 25-30 kundan so‘ng esa yosh qushlar havoga ko‘tariladi. Oldiniga ular kam va xohlamasdan uchadi. Olti haftalar bo‘lganida to‘liq mustaqil bo‘lishadi.
Ko‘pchilik lochinbozlar turumtoy bilan ov qilish oson emas deb hisoblaydi, ammo bu unday emas, chunki mayda qushlarni ovlash lochin ovidagi eng qiyini hisoblanadi. turumtoy bilan ov qilishning o‘ziga xos jihatlarini hikoya qilish juda qiyin. Agar siz ovchi turumtoyka ega bo‘lishni istasangiz, u bilan ov qiladigan lochinbozga murojaat qilganingiz ma’qul. Dalada o‘tkazgan bir kuningiz Sizni haftalik ko‘ngil sovushidan xalos etadi.
1. Meklenburtsev R.N., Sagitov A.K., Kashkarov D.Yu., Mitropolskiy O.V., Fotteler E.R., Tretyakov G.P., Ostapenko M.M., Nazarov A.P. O‘zbekiston qushlari, 1-tom. Toshkent: «Fan» O‘zbekiston SSR. 1987.